TALABALARNING TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING DASTURIY TA’MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Loyiha haqida
Zamonaviy ta’lim tizimida talabalar nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtiruvchi, balki yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va tadqiqot natijalarini yaratishga qodir ijodkor shaxs sifatida shakllanishi zarur. Shu bois, mazkur platforma talabalarning tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy izlanishlar olib borishga yo‘naltirish hamda bu jarayonni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida samarali tashkil etishga qaratilgan.
Saytning maqsadi
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, ularning tahliliy, tanqidiy va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv dasturiy muhit yaratish.
Saytning vazifalari
Tadqiqotchilik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga mo‘ljallangan metodik va amaliy materiallarni taqdim etish;
Talabalarga ilmiy maqola, referat, loyiha va tadqiqot ishlari tayyorlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq berish;
Ilmiy axborotlar bazasiga erkin kirish imkonini yaratish;
Onlayn mashg‘ulotlar, treninglar va testlar orqali tadqiqotchilik salohiyatini baholash va mustahkamlash
Bizning manzil:
Biz bilan aloqa:
- @tillaboyev_b
- @tillaboyev_b01
- +998 90 585 11 41
- @b_tillaboyev
- @b_tillaboyev007